Huquqshunos. Toshkent davlat Yuridik institutini, keyin esa ikkinchi mutahassislik Toshkenet Moliya instituti, Magistratura esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida o’qigan. Ilmiy tadqiqot ishini Polshadagi Adam Miczkevich universitetida hamda Warszawa universitetlarida muvaffaqiyatli tamomlagan. Respublika miqyosidagi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarida 14 yillik ish tajribasiga ega, jumladan Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek O’zbekistondagi xorijiy qo’shma korxonalarda hamda Germaniyaning xalqaro logistika kompaniyasining Polshadagi filialida yuristlik qilgan. O’zbekistondagi OTMlarida Xalqaro huquq, Bola huquqlari, Prokuror nazorati, Advokatura, Sud va huquqni muxofaza qiluvchi organlar, Konstitutsiyaviy huquq kabi fanlardan dars bergan. Amerikaga 2022-yil aprel oyida doimiy rezident bo’lib oilasi bilan ko’chib kelgan. Hozirda Ohio shtati Loveland shahrida yashaydi.